Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jazoni ijro etish koloniyalari faoliyati o‘rganildi
12:22 / 2021-01-24

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor B.Mirzaraximov Navoiy viloyatiga tashrifi davomida viloyat IIB PvaJIEB 11-son jazoni ijro etish koloniyasiga bordi.

Vazir o‘rinbosari dastlab, shaxsiy tarkib hamda harbiy xizmatchilar bilan suhbatda bo‘lib, koloniya hududi hamda oshxonasini ko‘zdan kechirdi. Jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, oshxonada tozalikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Navbatdagi tashrif 4-son jazoni ijro etish koloniyasiga bo‘ldi. Tashrif davomida dastlab shaxsiy tarkibga pandemiya davrida o‘zlari va oila a’zolarini asrab-avaylash zarurligi, ishga sadoqat bilan yondashish hamda o‘zaro muomala madaniyatiga qat’iy rioya qilish to‘g‘risida tavsiyalar berildi.

Shuningdek, koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan 770 nafar mahkumga yaratilgan shart-sharoitlar, ularga nisbatan insonparvarlik dalolatnomalarining o‘z vaqtida qo‘llanilishi, O‘zbekiston Respublikasida bo‘layotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida gapirib o‘tildi.

Vazir o‘rinbosari B.Mirzaraximov 5-JIEKda xizmatga jalb etilgan 34 nafar koloniya shaxsiy tarkib xodimlari hamda 18 nafar harbiy nazoratchilar bilan uchrashdi. Ularga xizmatni doim hushyor va sergaklik bilan muomala madaniyatiga rioya etgan holda olib borish, mahkumlar tomonidan koloniya kun tartibiga rioya etilishini doimiy nazorat qilish, asosiy e’tiborni mahkumlarni qayta tarbiyalab, jamiyatga sog‘lom fikrlaydigan insonlar qilib qaytarishga qaratish lozimligini ta’kidladi.  

Shuningdek vazir o‘rinbosari va viloyat IIB mas’ullari 7532-harbiy qismga ham borib, u yerda harbiy xizmatchilar va o‘z xizmat burchini o‘tayotgan askarlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.  

Abduvali BO‘RIEV, O‘zA