Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jazoirda sobiq prezidentning ukasi korrupsiyada ayblanib qamoqqa olindi
10:28 / 2021-10-13

Jazoir sudi mamlakatning sobiq prezidenti Abdulaziz Buteflikaning ukasini Saidni korrupsiyada ayblab ikki yilga qamoq jazosini tayinladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Sud shuningdek, sobiq adliya vaziri Tayeb Luxni ham olti yilga ozodlikdan mahrum etgan. U mansab suiste’molligiga yo‘l qo‘yganlikda ayblangan.

Jazoirda Buteflika prezidentlik davrida xokimiyat tepasida bo‘lgan amaldorlarning ko‘pchilligi 2019 yilda sobiq prezident iste’fo bergandan keyin sud ta’qibiga uchradi. Said o‘sha paytda prezident akasining eng yaqin maslahatchisi bo‘lgan.

Jazoirni 20 yil boshqargan Abdulaziz Buteflika 2019 yil 2 aprelda xalqning yirik norozilik namoyishlari natijasida iste’fo bergan edi. 2021 yil sentyabrda sobiq prezident 84 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.