Jazoir prezidenti yangi hukumat tarkibini tasdiqladi
Jazoir yetakchisi Abdulmajid Tebbun mamlakatning Vazirlar Mahkamasi yangi tarkibini tasdiqladi, deb xabar bermoqda “Report” axborot agentligi.
Ta’kidlanishicha, o‘lka bosh vaziri Sifi Grib boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasiga 10 nafar yangi vazir qo‘shilgan.
Avvalroq, Tebbun bosh vazir vazifasini bajaruvchi Gribga yangi hukumatni shakllantirish vazifasini topshirgan va uni to‘liq bosh vazir lavozimiga tayinlagan.
Sanoat vaziri sifatida ishlab kelgan Grib bu lavozimda Nodir Arabiy o‘rnini egalladi.
O‘.Alimov, O‘zA