Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jazoir Prezidenti mamlakat BRIKSga qo‘shilishga tayyor ekanini ma’lum qildi
11:43 / 2022-08-01

Jazoir BRIKSga qo‘shilishga tayyor, dedi Respublika Prezidenti Abdulmajid Tebbun.

Al Mayadeen kanalining yozishicha, Tebbun "Jazoirda BRIKSga qo‘shilish uchun qariyb barcha sharoit bor. Mamlakat ushbu tashkilotga qo‘shilishdan o‘ta manfaatdor", – degan.  

Ayni paytda BRIKS iqtisodiy birlashmasiga Braziliya, Rossiya, Xitoy, Hindiston va Janubiy Afrika Respublikasi a’zo hisoblanadi.  

Iyul oyida Nigeriyaning Rossiyadagi elchisi Abdullaxi Shexu ham o‘z mamlakati  yaqin istiqbolda mazkur tashkilotga a’zo bo‘lishi mumkinligi  haqida ma’lum qilgan edi.  

Bundan tashqari, Indoneziya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr hamda Argentina davlatlari ham   BRIKS eshigini qoqayotgani haqida xabar tarqalgan.