Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jazodan qo‘rqqan fuqaro voqea joyida 5 million so‘m aliment pullarini to‘lab berdi
16:01 / 2023-05-11

Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarma qidiruv sho‘basi xodimlari tomonidan qarzdor shaxslarning manzilini aniqlash va qidirib topish bo‘yicha olib borayotgan tezkor tadbirlari davom etmoqda.

Joriy yilning 4 may kuni Yangiyo‘l tumanida 3 milliondan 20 milliongacha alimentdan qarzi bo‘lgan jismoniy shaxslarni aniqlab topish yuzasidan olib borilgan tezkor tadbir davomida 13 nafar shaxs ushlandi. Ularning 2 nafariga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi berildi. Qolganlaridan qarzdorliklarni undirish choralari ko‘rildi.  

Jumladan, qidiruvdagi qarzdor F.Rohatovning undiruvchi M. Rohatova foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun 50 million so‘m qarzdorligi bo‘lgan. O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirda ushbu qarzdor ushlanib ma’muriy jazo qo‘llash maqsadida sudga hujjatlari chiqarilgan va unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda 15 sutka qamoq jazosi belgilangan.  

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan aliment qarzlarini qasddan to‘lamay qochib yurgan qarzdor R.Xolmuhamedov ham Yangiyo‘l tumani hududidan qidirib topildi. Jazodan qo‘rqqan fuqaro voqea joyida 5 million so‘m aliment pullarini to‘lab bergan.    

Bu kabi tezkor tadbirlar viloyatning boshqa hududlarida ham o‘tkazilmoqda.  

M.Qosimova, O‘zA