U muammosiga o‘zi yechim topa olmagach, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga murojaat qildi.
Jazo muddatini o‘tab chiqqan shaxsning arzini Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Diyor Husanov ko‘rib chiqdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bolaligida ota-onasi ajrashgan va bundan 15 yil avval onasi uni xolasiga tashlab ketgan. U 2017 yilda qamalganida tug‘ilganlik guvohnomasi ham bo‘lmagan.
Jazo muddatini o‘tab chiqqan murojaatchi hozirda yolg‘iz qarindoshi bo‘lgan xolasining uyida yashaydi. U hayotini izga solish uchun ishga joylashmoqchi bo‘lganida shaxsini tasdiqlovchi hujjati yo‘qligi uchun muammoga duch kelgan.
Aniqlanishicha, sobiq mahkum xolasining uy hujjatlari yo‘qolgani sababli, doimiy ro‘yxatdan o‘ta olmagan.
Mazkur murojaat nazoratga olinib, Samarqand shahar prokuraturasi, IIB va hokimlik bilan hamkorlikda o‘rganib chiqildi.
Murojaatchi shahar hokimligining balansida bo‘lgan ob’ektlardan biriga ro‘yxatga olindi. Shundan so‘ng murojaatchiga Samarqand shahar IIB tomonidan ID karta rasmiylashtirib berildi.
O‘zA