Javrail Shapiyev bronza medali uchun gilamga chiqadi
To‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi bo‘lgan yozgi Olimpiya o‘yinlarining erkin kurash bahslarida vazni 86 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasida bronza medali uchun o‘tish bosqichi boshlandi.
O‘tish bahsida hamyurtimiz Javrail Shapiyev va kanadalik Aleksandr Mur o‘zaro raqobatlashdi. Bu bahsda hamyurtimizning qo‘li baland keldi va bronza medali uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
Shu tariqa, Javrail polvon XXXIII Olimpiya o‘yinlarining bronza medali uchun o‘tadigan bellashuvda AQSH vakili Aaron Bruks bilan raqobatlashadi. Bahs bugungi musobaqalarning kechki dasturidan o‘rin olgan.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA