Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Javohir Sindorov - “Titled Tuesday” turniri g‘olibi
15:26 / 2026-03-04

Har haftaning seshanba oqshomida dunyoning eng kuchli grossmeysterlari ishtirokida o‘tkaziladigan “Titled Tuesday” onlayn blits turnirida Javohir Sindorov g‘oliblikka erishdi.

Rasmiy shaxmat unvoniga ega “aql gimnastikasi” sohiblari ishtirokida shveysarcha tizimda o‘tkazilgan turnirda hamyurtimiz Javohir Sindorov 9,5 ochko jamg‘ardi va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Javohir singari 9,5 ochko to‘plagan gruziyalik Dmitriy Andreykin va fransiyalik Maksim Vashe-Lagrav kuchli uchlikni band etdi.

Aytish lozim, Javohir Sindorov bu yil uchinchi marotaba ushbu turnir g‘olibiga aylandi. U bir oy avval ham 9,5 ochko jamg‘arib, chempionlikka erishgan edi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA