French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Javohir Sindorov “Titled Tuesday” turniri g‘olibi
13:54 / 2026-02-11

“Chess.com” platformasi orqali o‘tkazilgan “Titled Tuesday” turnirida hamyurtimiz javohir Sindorov muvaffaqiyatga erishdi.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi reytingida yuqori o‘rinlarni egallab kelayotgan Magnus Karlsen, Xikaru Nakamura, Arjun Erigaisi, Yan Nepomnyashiy, Andrey Yesipenko, Aleksey Sarana, Fabiona Karuana qatori kuchlilar bilan bahs olib borgan yurtimizning mahoratli shaxmatchilari Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov, Afruza Hamdamova va Saidakbar Saidalayev munosib o‘yin namoyish etdi.

Shaxmatning blits yo‘nalishida tashkil etilgan 11 ta turdan iborat o‘yinlar natijasiga ko‘ra, jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindorov 10 ochko jamg‘arib, g‘oliblikni tantana qildi.

Terma jamoamiz a’zolaridan Saidakbar Saidaliyev – 7/9 ochko,  Nodirbek Abdusattorov – 6,5/9 ochko, Shamsiddin Vohidov – 5/9 ochko va Afruza Hamdamova – 4,5/9 ochko  jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA