Poytaxtimizda jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindorov shaxmat klubi ish boshladi.
Klubning ochilish marosimi munosabati bilan o‘tkazilgan turnirda ishtirok etgan O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi bosh kotibi Bobur Sattorov Javohir Sindorov shaxmat maktabining ish boshlagani yosh iste’dodlarni kashf etishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Turli yosh toifalarida o‘tkazilgan turnirning eng mahoratlilar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada Muhiddin Madaminov g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Muhammadzohid Suyarov, Saidakbar Saidaliyev, Humoyun Bekmuratov, Asrorjon Omonov sovrindorlar qatoridan o‘rin egalladi.
Ayollar o‘rtasidagi musobaqada Nodira Nodirxonova, faxriylar o‘rtasida Mixail Soy, shuningdek, yosh toifalari orasidagi bahslarda Munazzam Sotvaldiyev, Shukrona Sobirova, Sarvar Abduaxatov 1-o‘rinni band etdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tegishli darajadagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA