Javohir Sindorov – jahon kubogi sohibi!
Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo‘yicha jahon kubogi tay-brek bahsining 2-turida xitoylik Vey I ustidan g‘alabaga erishgan Javohir Sindorov g‘oliblikni tantana qildi.
O‘zbek shaxmat tarixida o‘ziga xos olamshumul natija qayd etgan Sindorov mazkur muvaffaqiyat tufayli yurtimizga jahon kubogini olib kelish asnosida musobaqa mukofot jamg‘armasining 120 ming AQSH dollariga ham ega chiqdi.

O‘zbekiston yoshlarining intellektual salohiyatini dunyoga namoyish etgan Javohir Sindorovning tarixiy g‘alabasi evaziga butun dunyo, “aql gimnastikasi” ishqibozlari yana bir karra jonajon vatanimizning ulug‘vor nomini e’tirof etdi.
Yangi O‘zbekistonning yangi va yorqin g‘alabalari barchaga muborak bo‘lsin.
T.Ro‘ziyev, O‘zA