Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Javohir Sindorov “Global Chess League” turnirida qatnashmoqda
11:38 / 2025-12-15

Hindistonning Mumbay shahrida shaxmat bo‘yicha “Global Chess League” xalqaro shaxmat turniri boshlandi.

Jahon shaxmat taqvimidagi eng yirik jamoaviy turnirlardan biri hisoblangan mazkur turnirda Hikaru Nakamura (AQSH, reytingi 2810, 2-o‘rin), Fabiano Karuana (AQSH, reytingi 2795, 3-o‘rin), Alireza Firuzja (Fransiya, reytingi 2762, 6-o‘rin), Dommaraju Gukesh (Hindiston, reytingi 2754, 10-o‘rin), Javohir Sindorov (O‘zbekiston, reytingi 2726, 22-o‘rin) kabi mahoratlilar dona surmoqda.

Umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million AQSH dollaridan iborat turnirda shaxmatchilar 6 ta jamoa tarkibida g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Mahoratli shaxmatchimiz Javohir Sindorov Vishvanatan Anand(Hindiston),  Vincyent Keymer (Germaniya), Polina Shuvalova (FIDE), Stavroula Solakidou (Gretsiya), Raunak Sadxvani (Hindiston) bilan birga “Ganges Grandmasters” jamoasi tarkibida harakatlanmoqda.

Kecha turnir nizomiga muvofiq 1-davra o‘yinlari o‘tkazilib, unda Sindorovlar jamoasi “upGrad Mumba Masters” jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bugun, 15 dekabr kuni “Global Chess League” turnirining 2-davra o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Unda “Ganges Grandmasters” jamoasi Fabiano Karuana sardorligidagi “Alpine Sg Pipers” bilan kuch sinashadi.

Musobaqalar 23 dekabrga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA