Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Javohir Sindorov “FIDE freestyle” chempionatida qatnashadi
10:02 / 2026-01-09

Xalqaro shaxmat federatsiyasi va “Freestyle Chess Operations GmbH” kompaniyasi ilk bor “FIDE freestyle” bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishdi.

Joriy yil 13–15 fevral kunlari Germaniyaning Vayzenxaus shahrida o‘tadigan musobaqa 2019 va 2022 yillar davomida o‘tkazilgan Fisher shaxmati shaklidagi musobaqaning mantiqiy davomi hisoblanib, unda 8 nafar mahorat egalari g‘oliblik uchun kurash olib borishi belgilangan.

Ortda qolgan 2025 yilgi “Freestyle Chess Grand Slam Tour” musobaqalari natijalariga ko‘ra, dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan 6 nafar grossmeysteri rasmiy ishtirokchi sifatida e’lon qilindi.

E’tiborli jihati, mazkur turnirda qatnashishi nazarda tutilgan Magnus Karlsen, Levon Aronyan, Fabiano Karuana, Vinsent Kaymer, Arjun Yerigaisi qatorida hamyurtimiz Javohir Sindorov nomi ham keltirib o‘tildi.

Turnirda qatnashadigan qolgan 2 nafar shaxmatchining biri FIDE saralash turnirida aniqlansa, ikkinchi ishtirokchi nomini “Freestyle Chess” e’lon qilishi nizomda ko‘rsatib o‘tilgan.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA