French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Javohir bronza, Magnus oltin medal uchun kurashadi
11:41 / 2025-12-11

Bugun, 11 dekabr kuni Janubiy Afrika Respublikasida shaxmat bo‘yicha o‘tayotgan “Freestyle Chess Champion-2025” turnirining g‘olib va sovrindorlari nomi ma’lum bo‘ladi.

Kecha o‘tkazilgan yarim final bahslari kutilgan va kutilmagan natijalarga boyligi bilan alohida ajralib turdi.

Javohir Sindorov-Magnus Karlsen o‘rtasidagi yarim final bahsi ilk turlarida tomonlar murosa yo‘lini tanlashdi. Tay-breykning ilk o‘yinida FIDE reytingida yetakchilik qilayotgan Norvegiya vakilining qo‘li baland keldi. Ikkinchi o‘yinda durang qayd etildi.

Bugun mukofot jamg‘armasi 750 ming dollardan iborat turnirning final bahsida Levon Aronyan Magnus Karlsenga qarshi dona suradi.

O‘z navbatida, hamyurtimiz Javohir Sindorov Vinsent Keymer bilan bronza medali kimga tegishli ekaniga oydinlik kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, “Freestyle Chess Champion-2025” turnirida 1-o‘rinni egallagan shaxmatchi 200 ming, 2-o‘rin sohibi 120 ming va 3-o‘rindan joy olgan ishtirokchi 80 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA