English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Javobgardan moddiy va ma’naviy zarar undiriladigan bo‘ldi
16:27 / 2022-11-03

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan federatsiya a’zosi M.Mamajonovaning manfaatlarini ko‘zlab fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan edi. Ishni sudda ko‘rib chiqish jarayoni nihoyasiga yetib, fuqaroning qonuniy talablari qanoatlantirilishi bo‘yicha hal qiluv qarori ham chiqarildi.

ASLIDA NIMA BO‘LGAN EDI?

Iste’molchi “Sugʼdiyona Nazirabegim” oilaviy korxonasi bilan tuzilgan shartnoma asosida iste’mol krediti shartlarida bir dona tikuv mashinasi hamda overlokni 16 mln. so‘mga xarid qilishga kelishadi. Ushbu maqsadlar uchun ATB «Mikrokreditbank»ning krediti ham ajratilib, o‘z muddatida sotuvchi hisob raqamiga o‘tkazib ham beriladi. Lekin sotuvchi tomonidan o‘rtada tuzilgan shartnomadagi majburiyatlar, ya’ni uning 9 mln. so‘mga teng qismi to‘liq bajarilmasdan kelinadi. Natijada iste’molchi ushbu holat yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab federatsiyaning Farg‘ona shahar jamiyatiga murojaat qiladi.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat tomonidan tegishli hujjatlar tayyorlanib, sudga da’vo arizasi kiritilgach, sud tomonlarning ko‘rsatmalari, mavjud hujjatlar asosida ishni ko‘rib chiqib, iste’molchi foydasiga javobgardan 9 mln. so‘m moddiy zararni undirish va ushbu summani iste’molchining bank oldidagi majburiyatini bajarishga yo‘naltirish hamda 500 ming so‘m ma’naviy zararni undirishni lozim deb topdi.

Azamatjon Babayev,

Farg‘ona shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi