Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jasur Yaxshiboyev Belarusda hamon tengsiz
11:46 / 2020-09-15

Belarus chempionatining 23 turi yakuniga koʻra, musobaqaning eng foydali futbolchilari reytingida oʻzbekistonlik legioner Jasur Yaxshiboyev hamon peshqadamlik qilmoqda.


Belarus chempionatining 23 turi yakuniga koʻra, musobaqaning eng foydali futbolchilari reytingida oʻzbekistonlik legioner Jasur Yaxshiboyev hamon peshqadamlik qilmoqda.

Taʼkidlash lozimki, hamyurtimiz bu reytingda birinchi turdan buyon yuqori pogʻonani band etib kelmoqda. U barqaror oʻyin koʻrsatayotgani bois har turda muhim ballarni jamgʻarib, taʼqibchilar bilan oʻrtadagi farqni oshiryapti.

23-tur uchrashuvida hamyurtimiz “Vitebsk” darvozasini ishgʻol qilib, “Shaxtyor”ning 5:0 hisobidagi gʻalabasini taʼminladi. Jasur Yaxshiboyev 13 ta gol bilan toʻpurarlar bahsida ham birinchi oʻrinni egallab turibdi.