Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jasur jangchilar xotirasini abadiylashtirish ishlari jadallashdi
19:33 / 2025-07-28

Bugun yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa, Vatan himoyasida xizmat qilgan urush va mehnat faxriylari, harbiylar hamda ularning oila a’zolariga munosib hayot sharoitlarini yaratish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Jumladan, Milliy gvardiya tizimida nuroniylar, faxriylar, nafaqadagi harbiylar va xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lganlarning oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mard, jasur jangchilarimiz xotiralarini abadiylashtirish, bu orqali yosh avlodni tarbiyalash borasidagi ishlar jadallashdi. 

Shu ma’noda joriy yilning birinchi yarim yilligida Milliy gvardiya faxriylarini hamda halok bo‘lgan harbiy xizmatchi va xodimlar oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 5 ta yo‘nalishda mingga yaqin tadbirlar amalga oshirildi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ma’naviyat va ma’rifat markazi ma’lumotida. 

Jumladan, ishlash istagida bo‘lganlarning bandligi ta’minlanmoqda, faxriylarga sog‘lomlashtirish maskanlari, halok bo‘lganlarning farzandlariga esa bolalar oromgohlariga imtiyozli yo‘llanmalar topshirilmoqda. Bundan tashqari, madaniy va tarixiy obidalarga sayohatlar tashkil etilmoqda. Qolaversa, yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlashda qahramonlik ko‘rsatib halok bo‘lganlarning xotiralarini abadiylashtirish, yosh avlodni fidoyi etib tarbiyalash borasida ham qator ishlar amalga oshirildi. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha 2025 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bo‘lib o‘tgan hisobot yig‘ilishida aytib o‘tildi. 

Yig‘ilishda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik S.Mamayusupov, O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi, O‘zbekiston Qahramoni S.Turdiyev, O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasi raisi T.Murodov va hududlardan Milliy gvardiya Faxriylar kengashi a’zolari, mas’ul ofitserlar ishtirok etdi. 

A.RUSTAMOV, O‘zA