O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro yanvar oyidagi yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra, mazkur yig‘in 20 yanvar kuni BAAda boshlanadi. Unda mahalliy chempionatda to‘p suruvchi terma jamoaga nomzod futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilish rejalashtirilgan.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, mazkur tarkibdan Jasur Jaloliddinov ham o‘rin oldi. U so‘nggi bor 6 yil avval O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgan edi. O‘shanda yarim himoyachi ilk marta 2020 yil Vadim Abramov tomonidan milliy jamoaga taklif qilingan va Belarus bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan edi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining yanvar oyidagi yig‘ini uchun tarkibi:
Darvozabonlar:
O‘tkir Yusupov
Vladimir Nazarov
Edem Nemanov
Himoyachilar:
Mahmud Muhammadjonov
Avazbek O‘lmasaliyev
Otabek Ahadov
Dostonbek Tursunov
Zafarmurod Abdirahmatov
Alibek Davronov
Jahongir O‘rozov
Dilshod Komilov
Ibrohimxalil Yo‘ldoshev
Yarim himoyachilar:
Ibrohim Ibrohimov
Xurshid G‘iyosov
Jasurbek Jaloliddinov
Sherzod Esanov
Quvondiq Ro‘ziyev
Abbos G‘ulomov
Javohir Husanov
Abrorbek Ismoilov
Ikromjon Aliboyev
Hujumchilar:
Rustam Turdimuratov
Aziz Xolmurodov
Samandarjon Mavlonqulov
Anvarjon Hojimirzayev
Firdavs Abdurahmonov
Alisher Odilov
Oybek Bozorov
Nodirbek Abdurazzoqov.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA