Poytaxtimizdagi "G‘alaba bog‘i" yodgorlik majmuasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida yurtimiz bo‘ylab “Jasorat sinfi” o‘quvchilarining tantanali “Va’da berish” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Nuriddin Qodirov, Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari Sarvar Mamayusupov, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, mas’ullar, o‘quvchilar hamda ota-onalar qatnashdi.

Tadbirda bugungi kunda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash haqida so‘z bordi.

Shundan keyin "G‘alaba bog‘i" majmuasidagi "Motamsaro ona" haykali poyiga gul qo‘yish marosimi ham o‘tkazildi.
Shundan so‘ng, ishtirokchilar majmuada joylashgan muzeyda ham bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ularga faxriylar tomonidan ochiq dars ham tashkil etildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, hozirda yurtimizdagi 208 ta “Jasorat maktablari” uchun 5 ming 408 nafar o‘quvchi saralab olingan.
N.Usmonova,
O‘zA