“Jasorat sinfi” o‘quvchilari qasamyod qildi
Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida joylashgan 9-umumta’lim maktabidagi “Jasorat sinfi” o‘quvchilari uchun bugun muhim tarixiy kun bo‘ldi. Xotira xiyobonida o‘tkazilgan tantanali marosimda 26 nafar o‘quvchi Vatanga sadoqat, xalqqa fidoyilik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida va’da berishdi.
Marosimda tuman hokimi o‘rinbosari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar bo‘limlari rahbarlari, “Nuroniylar” jamg‘armasi vakillari, maktab ma’muriyati hamda o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi.


Tadbir ishtirokchilari so‘zga chiqib, yoshlarni Vatanga muhabbat, tinchlik va osoyishtalikni asrash, xalq manfaatiga xizmat qilishdek yuksak burchlarga daxldor etish muhimligini ta’kidlashdi.



“Jasorat sinfi” o‘quvchilarining bu tantanali va’dasi — ular hayotidagi yangi, ma’naviy-ma’rifiy burilish nuqtasi sifatida yodda qoldi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/NDqc1tpenoE?si=QL7o_RoWiV_ty4p0" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>A.Qayumov (video+surat), O‘zA