French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jasorat, qat’iyat va adolat timsoli
16:20 / 2026-02-16

FOTOREPORTAJ

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugga qarashli harbiy qismda buyuk sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning harbiy san’ati va strategik mahoratiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Unda ofitserlar, serjantlar va muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Davra suhbatida Boburning yoshlik yillaridan boshlab olib borgan harbiy yurishlari, murakkab siyosiy vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, qo‘shin tuzilmasini samarali boshqarish borasidagi tajribasi haqida atroflicha so‘z yuritildi. Markazlashgan boshqaruv, tezkor harakat, razvedka ma’lumotlaridan unumli foydalanish va jang maydonida intizomni ustuvor qo‘ygani alohida ta’kidlandi.

[gallery-27682]

Shuningdek, Boburning Hindiston sari yurishlari, kichik qo‘shin bilan yirik kuchlarga qarshi muvaffaqiyatli jang olib borgani, harbiy taktika va strategiyada yangicha yondashuvlarni qo‘llagani misollar bilan tushuntirildi. Buyuk bobomizning sarkardalik fazilatlari — jasorat, qat’iyat va adolat — bugungi kunda ham harbiylar uchun1 ibrat maktabi ekani qayd etildi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilar savol-javoblar olib borishdi va Bobur merosining zamonaviy harbiy ta’lim-tarbiyadagi ahamiyati muhokama qilindi.

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA