Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jasorat maktabining yangi mavsumi boshlandi
15:50 / 2024-12-13

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyatidagi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi “Termiz” umumqo‘shin dala poligonida joylashgan harbiy qismda viloyatning shahar va tumanlaridagi mahallar, jumladan, garnizondagi harbiy qism va muassasalarga biriktirilgan 100 nafar yosh uchun navbatdagi 10 kunlik “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘iniga start berildi.  

Yig‘in ishtirokchilari belgilangan kun tartibi asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda ilk harbiy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi hamda kasb-hunarga yo‘naltiriladi.  

Viloyat hokimligi, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi qo‘mondonlik, Yoshlar ittifoqi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu yig‘inning ishtirokchilari harbiy orkestr sadolari ostida tantanali kutib olindi hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga harbiy liboslar tarqatildi.  

Yig‘inning tantanali ochilish marosimida qo‘mondonlik hamda viloyatning mutasaddi tashkilot rahbarlari, faxriylar so‘zga chiqib, ushbu yig‘in yoshlarga ko‘p imkoniyatlar yaratishi haqida so‘zlab, undan oqilona foydalanish lozimligini uqtirdi. Ishtirokchilarga ulkan muvaffaqqiyatlar tilandi.

Huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik ruhini shakllantirish, sadoqat tushunchalarini tarbiyalash maqsadiga qaratilgan “Jasorat maktabi” loyihasining joriy mavsumida 100 nafar band bo‘lmagan (otaliqqa olingan, jinoyat qilishga moyilligi bo‘lgan, profilaktik hisobda turuvchi) yoshga 15 dan ortiq kasb-hunar o‘rgatilishi rejalashtirilgan. Xususan, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va o‘qitish bo‘yicha o‘quv yig‘ini dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, yoshlar bilan harbiy, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, IT-texnologiyalari, tadbirkorlik, kasb-hunar, avtoservis xizmati, santexnik va chilangarlik, umumqurilish ishlarini o‘rganish bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etiladi.    

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA