FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati mudofaa ishlar boshqarmasi huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazida tashkil etilgan “Jasorat maktabi” 10 kunlik harbiy o‘quv yig‘inining 1-mavsumi ishtirokchilarini kuzatish marosimi o‘tkazildi.
Marosimda viloyat hokimi o‘rinbosari, Sharqiy harbiy okrugi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Yoshlar ishlari boshqarmasi xodimlari, harbiy prokuratura vakillari, mudofaa ishlari boshqarmasi mas’ullari, Faxriylar kengashi a’zolari hamda o‘quv yig‘ini tinglovchilarining ota-onalari ishtirok etdi.
[gallery-16206]
Tadbirda Qorovul qo‘shinlari va harbiy orkestr tomonidan ko‘rgazmali hamda musiqiy chiqishlar namoyish etildi.
Yopilish marosimi so‘ngida viloyatning barcha shahar va tumanlaridan yig‘ilgan 100 nafar yig‘in ishtirokchisi harbiy o‘quv yig‘inini muvaffaqiyatli tugatgani munosabati bilan maxsus sertifikat va kitoblar to‘plamini qabul qilib oldi.
Tadbir samimiy izhorlar, quvonch yoshlari, ko‘ngildagi faxr, g‘urur va hayajonga boy tarzda o‘tdi.
“Jasorat maktabi” nafaqat yoshlar, balki, ota-onalar uchun ham katta maktab vazifasini o‘tadi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA