“Jasorat maktabi”ga kirish imtihonining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi
Yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Navoiy viloyatida ham ilk bor tashkil etilgan “Jasorat maktabi”ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda talabgorlar jismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirdi.

Sinov davomida har bir o‘quvchi 5 turdagi jismoniy mashq bajarib, 50 ballik tizim asosida baholab borildi. Bu sinovlar orqali o‘quvchilarning jasorat, chaqqonlik va jismoniy salohiyati aniqlab olinadi.

“Jasorat maktabi”ga kirish uchun viloyat bo‘yicha umumta’lim maktablarining 4-sinfini tugatgan 735 nafar o‘quvchi ariza topshirgan edi.
“Jasorat maktabi” viloyatning 11 ta tuman va shaharlarida tashkil etilgan bo‘lib, har bir hududdagi maktablarga 26 nafardan o‘quvchi qabul qilinadi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri