French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jasorat maktabi”dan so‘ng to‘g‘ri yo‘lga qaytgan Oyatillo (+video)
19:12 / 2025-11-28

Bugungi kunda minglab yoshlarga to‘g‘ri yo‘l topishda ko‘maklashayotgan "Jasorat maktabi" loyihasi respublikamizning barcha hududlarida har chorakda tashkil etilib, yoshlar uchun chinakam hayot maktabiga aylanmoqda.

Qahramonimiz andijonlik Oyatillo Turdimatov ham ushbu loyiha sabab bugun yana to‘g‘ri yo‘lda.  

Qilgan xatolaridan to‘g‘ri xulosa qilgan Oyatillo “Jasorat maktabi” loyihasidagi ishtirokidan so‘ng namunali xulqi va tirishqoqligi sabab muddatidan oldin probatsiya nazoratidan chiqarildi.

"Har bir yoshning oldida ikki yo‘l bor. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, maqsad tomon faqat to‘g‘ri yo‘ldan borish kerak", deydi Oyatillo.  

Qahramonimiz bilan intervyuning to‘liq shaklini mazkur videohavola orqali ko‘rishingiz mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/sobwoXrNSmM" title="“Jasorat maktabi”dan so‘ng to‘g‘ri yo‘lga qaytgan Oyatillo" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Gulnoza Boboyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj), O‘zA