FOTOREPORTAJ
Prezidentimizning o‘quvchi yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga ijrosiga muvofiq respublikamiz bo‘ylab maktablarda “Jasorat maktablari” sinflarini yo‘lga qo‘yish belgilangan. Bugungi kunda respublika bo‘ylab jami 208 ta ana shunday sinf ish boshlagan bo‘lsa, Surxondaryo viloyatida ular soni 15 taga yetdi.
[gallery-26547]
Sherobod tumanidagi 42 – Umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham mazkur “Jasorat maktabi” tashkil etildi. Saralash imtihonlariga tumandagi mavjud 77 ta umumta’lim maktablaridan jami 108 nafar bola ishtirok etgan. Ikki bosqichli imtihon natijalariga ko‘ra 26 nafar o‘g‘il-qiz “Jasorat sinfi” o‘quvchisi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, maktab qoshida tashkil etilgan “Jasorat sinfi” maktab ma’muriyati tomonidan barcha ta’lim standartlariga mos tarzda jihozlangan. Ushbu tashkil etilgan sinflar yoshlarning irodasini toblaydigan, ularni o‘z vatani va xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalaydigan jasorat va matonat sinfiga aylanib bormoqda. Bu esa yigit-qizlarning harbiy xizmatga, boshqacha aytganda el-yurt tinchligi va osoyishtaligi, osmonimiz musaffoligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlashga bo‘lgan qiziqishi va intilishining ortishiga zamin yaratmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA