FOTOREPORTAJ
Davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga muvofiq, mamlakatimiz umumta’lim maktablarida “Jasorat maktabi” tashkil etildi. Mazkur maktablar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jismoniy va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish maqsadida faoliyat yuritadi.
Bugungi kunda respublika bo‘ylab jami 208 ta ana shunday maktab ish boshlagan bo‘lsa, Surxondaryo viloyatida ular soni 15 taga yetdi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar test hamda jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgach muassasaga qabul qilindi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi qo‘mondonlik xizmatchilari tashabbusi bilan mazkur maktablarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
[gallery-25238]
Navbatdagi tadbirda Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotgan bosh serjantlardan biri “Jasorat maktabi”ga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi va ularga mahorat darsini o‘tdi. Mashg‘ulot so‘ngida tizimda olib borilayotgan islohotlar haqida tayyorlangan ta’limiy film namoyish etildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA