Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jasorat maktabi”da biznes sirlari o‘rgatildi
18:12 / 2025-10-08

Sirdaryo viloyatida mahalladagi uyushmagan yoshlar hamda prokuratura organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar uchun tashkil etilgan “Jasorat maktabi” o‘quv-yig‘ini doirasida tadbirkorlik va bandlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning kasbga qiziqishini oshirish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va kelgusida mustaqil hayotga tayyorlashdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuvda O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi vakillari ishtirok etishdi. Ular yoshlar uchun amaliyotga yaqin master-klasslar tashkil etib, turli sohalardagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bilan tanishtirdi.

Master-klass jarayonida tadbirkorlar o‘z muvaffaqiyatlari haqida so‘zlab, biznesda eng muhim jihatlar — g‘oya, tashabbus, mehnatsevarlik va intizom ekanini ta’kidladilar. Shuningdek, O‘zbekistonda biznes ochish va uni rivojlantirish tartiblari, soliq imtiyozlari, davlat tomonidan yosh tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi. 

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri