French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Jasorat maktabi" harbiy-o‘quv yig‘ini yoshlarni tarbiyalashga ko‘maklashmoqda
12:32 / 2024-05-16

Farg‘ona viloyati hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Xayrullo Bozorov Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlariga qarashli harbiy qismning poligonida bo‘lib, bu yerda Vatan posbonlari uchun yaratilgan sharoitlar, olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda o‘tkazilayotgan "Jasorat maktabi" harbiy-o‘quv yig‘inida ishtirok etayotgan yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 12 yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar asosida viloyatda aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Xususan, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali harbiy xizmatga qiziqtirish, kasb-hunar va tadbirkorlik sohasiga o‘qitishga alohida e’tibor qaratilyapti.  

Viloyat hokimligi, Sharqiy harbiy okrug, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatda jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etgan va moyilligi bo‘lgan, Ichki ishlar bo‘limlarida profilaktik hisobda turuvchi yoshlar bilan 6 maydan 15 mayga qadar Farg‘ona dala-o‘quv maydonida “Armiya – vatanparvarlik va jasorat maktabi!” harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘ini o‘tkazildi.  

“Jasorat maktabi” harbiy-o‘quv yig‘iniga viloyatdagi birinchi sektorga biriktirilgan 100 nafar yosh jalb qilindi.  

O‘n kun davomida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hayotda o‘z o‘rnini topishi, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash hamda yurtimiz kelajagi uchun daxldorlik hissini uyg‘otishni maqsad qilgan yig‘in dasturiga asosan yoshlar ishtirokida tonggi badantarbiya, seminarlar, jangovar va saf tayyorgarligi, sport musobaqalari va yana qator o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.  

“Jasorat maktabi” harbiy-o‘quv yig‘inining so‘nggi kunida harbiy-ma’muriy sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi ham o‘tkazildi.  

Viloyat hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Xayrullo Bozorov tengdoshlari safida harbiy hayotni his qilish imkonini bergan “Jasorat maktabi” yig‘inida ishtirok etgan yoshlar bilan muloqotda vatanparvarlik oiladan boshlanishiga e’tibor qaratdi, o‘z tarixini bilish, birdam va ahil bo‘lish muhim ekanligini ta’kidladi.  

Vatanparvar bo‘lish uchun avvalo ilmli, kasb-hunar egasi bo‘lish kerakligi uqtirildi.  

O‘quv kurslarida xorijiy tillarni o‘rganib, rivojlangan davlatlarda o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib, yuqori oylik beruvchi tashkilotlarda ishlash vaqti kelganligi va buning uchun barcha choralar mavjudligi qayd etildi.  

Yoshlarga birinchi navbatda niyat xolis bo‘lishi kerakligi, niyatni amalga oshirish uchun aniq maqsad bo‘lishi va maqsadga erishish uchun esa to‘g‘ri yo‘l, o‘qish, izlanish kerakligi bo‘yicha tushunchalar berildi.  

Yoshlar o‘zlarining qiziqishlaridan kelib chiqib, viloyat hokimi va Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoniga savollar bilan yuzlandilar hamda kerakli tavsiya va tushunchalar oldilar.  

Uchrashuv so‘nggida “Jasorat maktabi” harbiy-o‘quv yig‘inida faol ishtirok etgan bir guruh yoshlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.  

 

M.Sulaymonov,

O‘zA muxbiri