Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jasorat maktabi gvardiyachilari” jasurlik sinovidan o‘tdi (+video)
16:54 / 2025-11-07

Yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik, intizom va jismoniy chiniqishni targ‘ib etish — bugungi kunning muhim vazifalaridan biri.

 Shu maqsadda Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasiga qarashli harbiy qismda “Jasorat maktablari” o‘quvchilari o‘rtasida “Jasorat maktabi gvardiyachilari” harbiy-sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.  

Musobaqada Milliy gvardiyaga biriktirilgan poytaxtimizdagi Jasorat maktablari o‘quvchilari orasidan 12 nafar jismonan sog‘lom, intellektual yetuk va intizom borasida eng faol o‘quvchilardan tashkil topgan 4 ta jamoa qatnashdi.

Jamoalar bir nechta shartlar bo‘yicha kuch sinashdi. Dastlabki shart saf tayyorgarligi bo‘lib, unda jamoa ishtirokchilarining maxsus kiyimboshi, ularning safda turish hamda yurish usullaridan foydalangan holda saf qo‘shiqlarini kuylab harakat qilishlari hakamlar tomonidan baholandi. Kamondan otish shartida esa o‘quvchi-yoshlar aniqlik bilan nishonga tekkizishlari orqali ball to‘plashdi. Arqon tortish hamda harbiy sport estafetasidagi  shartlar yosh gvardiyachilar uchun haqiqiy bellashuv maydoniga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘ringa Olmazor tumani 326-sonli maktab jamoasi munosib deb topildi. 2-o‘rin Yakkasaroy tumani 172-sonli maktab jamoasiga nasib etdi. 3-o‘rinni Yunusobod tumani 58-sonli umumta’lim maktabi jamoasi qo‘lga kiritdi.

Musobaqa so‘ngida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa a’zolari hamda murabbiylarga diplom, medal hamda kubok tantanali topshirildi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/gd-vXlcoih0" title="“Jasorat maktabi gvardiyachilari” jasurlik sinovidan o‘tdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova,

U.To‘xtayev (montaj), O‘zA