“Jasorat maktabi” ga imtihonlar boshlandi
Bugun yurtimiz bo‘ylab ilk bor "Jasorat maktabi"ga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi — test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu muhim jarayon Samarqand viloyatida ham faol davom etmoqda.
"Jasorat maktabi" imtihonlarida qatnashish uchun Samarqand viloyatidan jami 1691 nafar 5-sinf o‘quvchilari ro‘yxatdan o‘tgan. Imtihonlar boshlanishidan oldin viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbariyati o‘quvchilar va ota-onalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

"Jasorat maktabi" viloyatning 16 ta tuman, shaharlarida tashkil etilgan bo‘lib, har bir tumandagi muassasalarga 26 nafardan o‘quvchi qabul qilinadi.

Keyingi bosqich joriy yilning 17-18 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda o‘quvchilar jismoniy tayyorgarlikdan imtihon topshiradi.
G‘. Hasanov,
A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari