Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jasorat maktabi” bitiruvchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi
18:16 / 2023-03-14

FOTOREPORTAJ

Jizzax tajribasi asosida uyushmagan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tayyorlash va o‘qitish maqsadida Namangan viloyati mudofaa ishlar boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy texnik mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazida tashkil etilgan “Jasorat maktabi”ning 10 kunlik harbiy o‘quv yig‘inining 2-mavsumi yakunlandi.  

Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan viloyat bo‘limi rahbari Musaxon Appaqov, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Mirzatov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Azizbek Toshmatov hamda viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i Begzod Toshev ishtirok etdi.

[gallery-10974]

Tadbirda harbiy qism orkestri hamda faxriy qorovul vzvodining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Viloyatning barcha shahar va tumanlaridan yig‘ilgan 100 nafar yig‘in ishtirokchilariga harbiy o‘quv yig‘inini muvaffaqiyatli tugatganligi bo‘yicha maxsus sertifikatlar tantanali topshirildi.  

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA