Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jasorat” badiiy filmi premerasi bo‘lib o‘tdi
09:48 / 2026-01-13

O‘zdan kechib Vatan tinchligi, xalq osoyishtaligini himoya qilmoq – chin jasorat, fidoyilik, matonat. O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida premerasi bo‘lib o‘tgan «Jasorat» nomli badiiy film el-yurt osoyishtaligi yo‘lida hayotini bag‘ishlagan harbiylar haqida hikoya qilishi bilan ahamiyatli.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining tarbiyaviy ishlar, kadrlar va yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sarvar Mamayusupov, kino ijodkorlari, soha mutasaddilari, kino ixlosmandlari hamda media soha vakillari ishtirok etdi.

Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev so‘zga chiqib, filmning mazmun-mohiyati, unda aks etgan jasorat, mas’uliyat va fidoyilik g‘oyalari haqida fikr bildirdi. Shuningdek, Milliy gvardiya bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ushbu loyihani e’tirof etib, kelgusida ham birgalikda mazmunli va ta’sirchan badiiy filmlar yaratish istagi borligini mamnuniyat bilan qayd etdi.

“Jasorat” filmi “Har bir serial — bir missiya” tanlovi g‘olibi bo‘lgan loyiha asosida suratga olingan.

Mazkur kartina ruhiy kuch, yuksak mas’uliyat va fidoyilikni tarannum etuvchi, tomoshabinni befarq qoldirmaydigan badiiy asar ekani bilan diqqatga sazovor.  

N.Usmonova,  

O‘zA