Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi
13:28 / 2024-09-07

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining yurak-qon tomir va torakal xirurgiya bo‘limida bemorlarda uchraydigan og‘ir kasalliklar hamda murakkab jarrohlik amaliyotlari malakali mutaxassislar ishtirokida muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Jumladan, yaqinda filial qon-tomir kasalliklari xirurglari tomonidan yuqori texnologik murakkab rekonstruktiv qon-tomir protezlash operatsiyasi muvaffaqiyatli bajarildi.

– 1998 yilda tug‘ilgan bemor joriy yilning 28 iyun kuni yo‘l-transport hodisasi natijasida og‘ir jarohat olgan, – deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori M.Rajabov. – Natijada, Vobkent tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markaziga murojaat qilgan. Vrachlar konsiliumiga binoan bemorda yuqori-o‘rta laparotomiya, qorin a’zolari reviziyasi, chap tashqi yonbosh arteriyasi jarohatiga anastomoz qo‘yish, ingichka ichak tutqichi jarohatlarini tikish, qorin bo‘shlig‘i sanatsiyasi va drenajlash operatsiyasini bajarishga qaror qilindi.

Nisbatan murakkab va og‘ir o‘tgan jarrohlikdan keyin bemorning chap son, taqim osti va tovon arteriyalarida pulsatsiya paydo bo‘ldi. Oyoqdagi kuchli og‘riqlar, sovuq qotishlar va uyushishlar yo‘qolib, eng asosiysi, bemorning harakati va sezgi funksiyasi to‘liq tiklandi.  

Aytish joizki, bemorda bunday yuqori texnologik rekonstruktiv qon-tomir operatsiyalarini o‘tkazish bilan uning oyog‘i amputatsiya amaliyotidan saqlab qolinib, nogironligining oldi olindi va hayot sifati to‘liq tiklanishiga erishildi.  

Zarif Komilov,

O‘zA muxbiri.