English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jarqo‘rg‘onlik maktab o‘quvchisining orzusi ushaldi
23:26 / 2026-02-27

Prezident tashrifidan so‘ng…

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Yangi O‘zbekiston» massivida joylashgan 66-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lgan edi. Davlat rahbari o‘qituvchilar va o‘quvchi-yoshlar bilan samimiy muloqot qildi.

Uchrashuv davomida davlatimiz rahbari iqtidorli o‘quvchi Feruza Jumagulova bilan ham suhbatlashdi. Uning kelajakdagi orzu va maqsadlari bilan qiziqdi.  

Feruza o‘zining Termiz davlat universiteti talabasi bo‘lish istagini bildirganida, Prezident tashabbusi bilan u 2027–2028 o‘quv yilidan boshlab grant asosida oliy ta’lim muassasasiga qabul qilinishi belgilandi.

Bu qaror yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli o‘quvchilar uchun ta’lim yo‘lini ochish borasidagi amaliy qadamdir. Maktab partasida o‘tirgan yosh uchun bu ishonch, umid va katta mas’uliyat ramzi bo‘ldi.

Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Ilhom Sirojev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozaxon Karimova, TerDU rektori Abduqodir Toshqulov, viloyat mutasaddilari, maktab jamoasi va bo‘lajak talabaning oila a’zolari ishtirokida Feruza Jumagulovaga sertifikat topshirildi. Ezgu tilaklar bildirildi.

O‘zA