Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jarqo‘rg‘onda yoshlar uchun zamonaviy yangi markaz ish boshladi
10:24 / 2025-08-28

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligiga

Jarqo‘rg‘on tumanida zamonaviy usulda kapital ta’mirlanib, barcha sharoit yaratilgan "Yoshlar markazi" foydalanishga topshirildi.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, faol yoshlar, mahalla faollari ishtirok etgan tadbirda istiqlol sharofati bilan har taraflama barkamol, jismonan sog‘lom o‘g‘il-qizlarni tarbiyalab, kamolga yetkazish yoshlarga oid davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylangani  ta’kidlandi. Yoshlarning huquq va erkinliklari ta’minlanib, ta’lim olishi, o‘z salohiyatini keng namoyish etishi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, ijtimoiy himoyasi kafolatgangani qayd etildi.

Tamomila yangi qiyofada bo‘y ko‘rsatgan "Yoshlar markazi"da ham tuman o‘g‘il-qizlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, ijodiy qobiliyatini rivojlantirishi, ma’naviy sog‘lom ulg‘ayishi uchun barcha sharoit yaratilgan.  

Tadbir yakunida ishtirokchilar markaz bilan yaqindan tanishdi.  

Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov shu yerda jarqo‘rg‘onlik yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.  

Uchrashuvda yigit-qizlar mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. O‘z taklif va tashabbuslarini o‘rtaga tashladi.  

Viloyat rahbari har bir masalaning yechimini topib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalarni belgilab berdi.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri