French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jarqo‘rg‘onda harbiy-vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi
11:09 / 2023-08-01

FOTOREPORTAJ

Yoshlarni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish, mazkur yo‘nalishda davlat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faolligini yanada oshirish maqsadida yurtimiz bo‘ylab harbiy-vatanparvarlik festivallari o‘tkazilmoqda. Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tgan harbiy-vatanparvarlik festivali “Tinchlik, taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostida tashkil etildi.

[gallery-12974]

Kakaydi garnizonidagi harbiy qism va tuman hokimligi vakillari,  yoshlar ishtirok etgan tadbirda so‘zga chiqqanlar ertamiz egalari uchun mamlakatimizda yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Festival davomida Kakaydi garnizoni harbiy xizmatchilarining jangovar chiqishlari namoyish etildi, Termiz garnizoni harbiy orkestri va tuman madaniyat uyi san’atkorlari ijrosida kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Shuningdek, yoshlar ishtirokida sportning boks, kurash, arqon tortish, kamondan o‘q uzish va ot ustida estafeta musobaqalari ham o‘tkazildi.  

Festival davomida musobaqalarda faol ishtirok etgan bir guruh yoshlar Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

 

 

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA