Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jarqo‘rg‘onda 500 gektar yerning suv ta’minoti tubdan yaxshilanadi
09:42 / 2025-10-21

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanidagi Qoraqursoq, Qorayontoq, Qo‘shtepa va Yangiobod mahallalarida ko‘p yillik oqova suv taqchilligini bartaraf etish uchun sekundiga 500 litr obi-hayot tortish quvvatiga ega nasos stansiyasi barpo etilib, 2,5 kilometr masofaga quvur tortilmoqda.

Yangi loyiha to‘rtta mahalla hududidagi 500 gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi maydonlarini suv bilan ta’minlab, obi-hayot taqchilligiga chek qo‘yadi. Yerlarning meliorativ holati tubdan o‘zgaradi. Fermerlar va tomorqa yer egalarining yerdan samarali foydalanishi hamda mo‘l hosil olishi uchun qulay imkoniyat yaratiladi. Daromad manbai ortib, turmush darajasi yanada yaxshilanadi. 

“Zang” kanalidan bosimli quvur orqali olinadigan suv inshootini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 200 kilovatt-soat quvvatga ega quyosh paneli o‘rnatiladi.

Yildan-yilga suv ta’minoti taqchillashib borayotgan hozirgi paytda loyihaning ishga tushirilishi hududda obi-hayot manbalaridan tejamkorlik bilan foydalanib, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaydi. Yerlarning qayta o‘zlashtirilishi va infratuzilma rivojlanishi orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari barpo etiladi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri