Jarqinov Zarifjon Umaraliyevichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Aniq fanlar yo‘nalishi talabalarining millatlararo muloqot madaniyatini fanlararo hamkorlik asosida rivojlantirish tizimi” mavzusida
Jarqinov Zarifjon Umaraliyevichning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Aniq fanlar yo‘nalishi talabalarining millatlararo muloqot madaniyatini fanlararo hamkorlik asosida rivojlantirish tizimi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07. raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 17-iyun soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Farg‘ona shahri, Murabbiylar ko‘chasi, 19-uy. Farg‘ona davlat universiteti “Gender tengligi tadqiqotlar markazi” binosi, 1-qavat, majlislar zali.
Tel.: (73) 244-44-02; faks: (73) 244-44-93;
e-mail: fardu_info@umail.uz