Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jarimalarni to‘lashda chegirma taqdim etilmoqda (+video)
12:20 / 2023-03-30

Joriy yilning 1 mayidan boshlab O‘zbekistonda ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi yanada soddalashtiriladi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 23 mart kunidagi “Ma’muriy jarimalarni to‘lashda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, hamda sohada korrupsion omillarni bartaraf etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-99-sonli qarorida keltirilgan.

Hujjatga ko‘ra, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab, 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lasa, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

Shuningdek, mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/eE8QIYbymKI" title="shtraf" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

 

O‘.Alimov, D.Yoqubov (video), O‘zA