Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jarima to‘lamagan shaxsning mashinasi xatlandi
15:01 / 2022-09-28

Xalq orasida “radar” deb ataluvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video moslamalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha jarima undirish to‘g‘risidagi qarorlar ijrosini ta’minlash Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaro o‘ziga tegishli “Lasseti” rusumli avtomashinada tezlikni oshirib, 1 emas, 14 marotaba radarga tushgan, jarimalar esa 8 million 121 ming 500 so‘mni tashkil etgan.

Misol uchun, 70 km/s chegaralangan joyda, 111 km/s tezlikda harakatlanib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1283-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan va unga nisbatan 1 million 350 ming so‘m jarima belgilangan.

Yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha jarimalar undirish to‘g‘risidagi qarorlar Byuroning G‘ijduvon tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Berilgan ixtiyoriy muddatda va qarzdorlikni bartaraf qilish borasida ogohlantirilganligiga qaramasdan, ijro hujjati talablari bajarilmagan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorlikni ixtiyoriy to‘lashdan bosh tortganligi sababli, qarzdorga tegishli bo‘lgan “Lasseti” rusumli avtotransport vositasi tegishli tartibda xatlanib, vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Qarzdorlik belgilangan muddat davomida bartaraf qilinmagan taqdirda, mazkur avtomashina baholanib, “E-auksion” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarilishi haqida ogohlantirilgan.

Qarzdor mashinasi sotilishini anglagandan so‘ng, ijro hujjatida ko‘rsatilgan qarzdorlikni to‘liq qoplab berishga majbur bo‘ldi.

Ijro hujjati talablarini o‘z vaqtida va ixtiyoriy bajarmaslik, majburiy ijro harakatlarini olib borishga sabab bo‘ladi.

 

Zarif Komilov, O‘zA