Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jar”da Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda
14:59 / 2021-11-26

Bugun, 26 noyabr kuni poytaxtimizdagi “Jar” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida ushu bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo chempionati bahslariga start berildi.

O‘zbekiston ushu federatsiyasi bosh kotibi Irina Suxorukovaning ma’lum qilishicha, chempionatda 350 nafarga yaqin yosh sportchilar uch kun mobaynida ushuning taolu va sanda yo‘nalishida bahslashadi.

Markaziy Osiyo chempionati bahslarida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda O‘zbekiston-1 va O‘zbekiston-2 terma jamoalari sportchilari qatnashmoqda. Mazkur xalqaro musobaqani yuqori saviyada tashkil etish uchun joriy yilning 20-21 noyabr kunlari ushu hakamlari uchun seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Musobaqa dasturiga binoan bugun va ertaga Markaziy Osiyo chempionatining saralash bellashuvlari o‘tkaziladi. 28 noyabr kuni esa barcha final bahslari bo‘lib o‘tadi.

 

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA