Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jarayonlar raqamlashtirilmoqda
14:08 / 2026-01-22

“Hududgazta’minot” AJ tomonidan suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi yangi tajriba amaliyotga tatbiq etilgan bo‘lib, bunda har bir chilangar maxsus planshetlardan foydalangan holda iste’molchilarga suyultirilgan gazni yetkazib berish ko‘zda tutilgan.

Mazkur planshetlarda “Ye-gaz” dasturi integratsiya qilinib, iste’molchining qachon suyultirilgan gaz olganligi haqidagi ma’lumotlar sms xabarnoma orqali jamiyatning maxsus bazasiga ma’lumot tariqasida uzatib boriladi. 

– Face ID tizimi bo‘yicha aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish Buxoro viloyatida ham ishga tushirildi va bu tajriba asosida tizimda shaffoflikni ta’minlash, korrupsiya holatlarining oldini olish maqsadida gazni qayta ishlash korxonalaridan iste’molchiga xonadonbay yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonlar raqamlashtirilmoqda, – deydi “Peshkutumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xizmat boshlig‘i Mirshod Yarashov.

Suyultirilgan gaz iste’molchilarga gaz ballonlari 40 kunga bormay tarqatilmoqda. Ob-havoning har qanday sharoitida iste’molchilarga kechiktirilmay gaz ballonlari yetkazib berilar ekan, asosiy maqsad ta’minotni yaxshilashdir. Tumanning “Malishoyak” mahallasida ahlining 900 nafardan ortig‘i maishiy ehtiyoji uchun suyultirilgan gazdan foydalanadi. 

Gaz ballonlari nazorat tarozilarida o‘lchab berilmoqda, maxsus ID kartalar orqali esa to‘lovlar amalga oshirilmoqda.   

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.