French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jaranglaydi so‘nggi qo‘ng‘iroq
14:20 / 2025-05-24

Xorazm viloyatidagi barcha umumta’lim maktablarida ham “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

O‘quvchi-yoshlarning qadrdon maktablari bilan xayrlashuv marosimlarida davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, mahallalar faollari, nuroniylar, ta’lim muassasalari bitiruvchilari qatnashdi.

Joriy yilda viloyatdagi mavjud 555 ta umumta’lim maktabining 9-sinfini 34 591 nafar, 11-sinfini 28 262 nafar o‘quvchi tugatmoqda.

Urganch shahridagi 22-son umumta’lim maktabida ham tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov qatnashib, davlatimiz rahbarining mamlakatimizdagi umumta’lim maktablari bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.  

[gallery-23559]

Joriy o‘quv yilida viloyatda xalq ta’limi sohasida erishilgan yutuqlarga to‘xtalib, mustaqil hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan yigit-qizlarning kelgusi o‘qish va ishlarida omad tiladi.

Tadbir yakunida o‘quv yilida yuqori natijalarga erishgan ustozlar va faol ota-onalar viloyat hokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.  

Maktab uzra jaranglagan so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari o‘g‘il-qizlarni yangi maqsadlar va yuksak orzular sari dadil qadam tashlashga undadi.

So‘ng a’lo baholarga o‘qigan, iqtidorli va faol o‘quvchilar hamda ularning ota-onalariga tashakkurnomalar berildi.

Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat), O‘zA