English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JAR XJS orderi bo‘yicha aprel oyida qaror qabul qiladi
10:49 / 2023-03-29

Janubiy Afrika Respublikasi hukumati avgust oyida BRIKS (Braziliya, RF, Hindiston, XXR, JAR) guruhining sammiti mazkur mamlakatda bo‘lishini hisobga olib, yaqin ikki yoki uch haftada RF Prezidenti Vladimir Putinni qamoqqa olish bo‘yicha Xalqaro jinoyat sudi (XJS)ning orderi yuzasidan yakuniy bir to‘xtamga keladi. Bu haqda seshanba kuni JAR parlamentining xalqaro munosabatlar va hamkorliklar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Supra Maxumapelo ma’lum qildi.

“Yaqin 12-21 kun ichida JARning pozitsiyasi to‘liq shakllantiriladi va Rossiya hukumati va BRIKSga hamda Afrika ittifoqiga  a’zo mamlakatlarga taqdim etiladi”, – deb bayonot bergan u mahalliy SABC radiostansiyasiga.  

Maxumapeloning ta’kidlashicha,  JAR XJS orderi bilan bog‘liq vaziyat tufayli Rossiya bilan munosabatlarini buzishni istamaydi. – Biz shuningdek, qarorimiz boshqa mamlakatlar bilan munosabatlarimizga ham ziyon yetkazmasligini hohlaymiz, degan u. Xabarda aytilishicha, JAR hukumati  ushbu masala bo‘yicha BRIKS va Afrika ittifoqi davlatlarining fikrini ham bilmoqchi.