French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JAR Xalqaro sudga so‘rov yubordi
17:08 / 2024-02-15

Janubiy Afrika Respublikasi Xalqaro sudga shoshilinch ariza bilan murojaat qildi. Mazkur yozma bayonot orqali hukumat Xalqaro adliya sudidan Falastin huquqi yana buzilishining oldini olish uchun o‘z yurisdiksiyasidan foydalanishi kerakmi yoki yo‘qligini hal qilishni so‘ragan.

Hujjatda Rafoh shahriga qilingan hujum allaqachon qurbonlar, vayronagarchilik, talofat keltirganini eslatgan.

Qayd etilishicha, mazkur voqea “Genotsidning oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi konvensiya” hamda 2024 yil 26 yanvarda sud tomonidan Isroilga qarshi chiqarilgan “ko‘rsatma”ni jiddiy va tuzatib bo‘lmas tarzda buzadi. Hukumat sud G‘azoda har kuni qurbon bo‘layotganlar sonini hisobga olgan holda, bu masalada zarur shoshilinch yordam beradi, deb umid qiladi.

Darvoqe, Rafohga hujum natijasida 100 dan ziyod odam halok bo‘ldi, yuzlab odam yaralandi.

G‘azoda jami o‘n minglab falastinlik o‘ldirdi, shimol va markaz aholisining aksariyati Misr chegarasidagi Rafohga ommaviy ravishda qochishga majbur bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyi oxirida Janubiy Afrika G‘azodagi vaziyat tufayli Gaagadagi Xalqaro sudga genotsid konvensiyasi bo‘yicha Isroilga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qilib, sudni Isroilga qarshi vaqtincha chora ko‘rishga chaqirgan.

11 yanvar kuni sud Xalqaro jinoiy sud JARning Isroil harakatini Falastin xalqiga qarshi genotsid sifatida tan olish to‘g‘risidagi da’vosini ko‘rib chiqishni boshlagan.