JAR prezidenti: Saudiya Arabistoni BRIKSga a’zo bo‘lmoqchi
Saudiya Arabistoni BRIKS beshligiga (Braziliya, RF, Hindiston, XXR, JAR) qo‘shilmoqchi. Bu haqda Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) prezidenti Siril Ramafosa ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Kuni kecha Ramafosa Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u mamlakat rahbariyati bilan muzokara olib borgan. Uchrashuvda Ar-Riyodning BRIKSga qo‘shilish imkoniyati bilan bog‘liq masala ko‘rib chiqilgan. Saudiya Arabistoni hukumati Beshlik birlashmasiga qo‘shilish istagini bildirgan.
JAR prezidentining ta’kidlashicha, 2023 yilda BRIKS yetakchilari sammiti bo‘lib o‘tadi. Sammitga JAR raislik qiladi. Majlisda BRIKSga qo‘shilish istagida bo‘lgan mamlakatlarni tashkilotga qabul qilish masalasi muhokama etiladi.
Ramafosaning fikricha, Saudiya Arabistonining BRIKSga qo‘shilishi birlashma bo‘yicha hamkor-mamlakatlar uchun sezilarli o‘zgarishlarni taqdim etadi.