English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JAR Kiyevning “tinchlik formulasi” muhokamasiga Rossiyani jalb qilmoqchi
16:01 / 2023-12-20

Janubiy Afrika Respublikasi Ukrainaga Kiyevning “tinchlik formulasi”ni muhokama qilishga bag‘ishlangan uchrashuvlarga Rossiyani ham jalb qilishni taklif etdi, dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri Naledi Pandor.

Mulozim “SABC” telekanaliga intervyusida mamlakati bunday uchrashuvlarda muntazam qatnashayotganini eslatdi.

So‘nggi majlisda Ukrainaga “ushbu majlisga Rossiyani ham taklif etish vaqti kelgani”ni bildirgan.

Ta’kidlanishicha, endi muhokamaning rasmiy jarayoni tomon harakat boshlash mumkin.

Vazir Kiyev taklifga hamon javob bermaganini iddao qilgan.

Kiyev tomonidan tayyorlanib, ilgari surilayotgan “Tinchlik formulasi”da Ukrainaning hududiy yaxlitligini tiklash, Yevroatlantika xavfsizlik kafolatini ta’minlash va Rossiyaning “harbiy jinoyatlari”ni tekshirish uchun maxsus tribunal tashkil etish kabi talablar aks etgan.