Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Japarovning g‘alabasi sharafiga Bishkekda konsert tashkil etildi
16:00 / 2021-01-11

Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan Sadir Japarovning bir necha ming tarafdorlari uning g‘alabasi sharafiga Bishkek markazidagi "Al-Too" maydonida tashkil etilgan bayram konsertiga yig‘ildilar.

"RIA Novosti" xabariga ko‘ra,  konsert sababli shaharning ayrim ko‘chalarida  transport harakati to‘sib qo‘yilgan.

Maydonda konsert boshlandi, mahalliy ijrochilar chiqish qilmoqda. Ishtirokchilarning aksariyati Japarovning o‘zi paydo bo‘lishini kutishmoqda, deyiladi xabarda.