Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Yaman tarafdorlari yangi konstitutsiya qabul qilgani haqida e’lon qildi
15:31 / 2026-01-04

Yaman janubidagi Aidarus az-Zubaydiy tarafdorlari yangi mustaqil davlat – Janubiy Arabiston uchun konstitutsiyaviy deklaratsiya qabul qilganini ma’lum qilishdi.

– Janubiy Arabiston davlati poytaxti Aden shahri hisoblanib, o‘lkaning chegaralari sobiq Yaman Xalq Demokratik Respublikasining xalqaro chegaralariga to‘g‘ri keladi, -deyiladi deklaratsiya matnida.

Janubiy Yaman O‘tish Kengashi “huquqiy vazifalarni bajarish va davlat institutlarini tashkil etish uchun ikki yillik o‘tish davri”ni belgiladi.

Janubliklarning konstitutsiyaviy deklaratsiyasiga ko‘ra, Janubiy Arabistondagi siyosiy tizim demokratik fuqarolik davlatida hokimiyatni ajratish tamoyiliga asoslangan. Shuningdek, unda “xalq o‘tish davridan keyin siyosiy tizimning mohiyatini referendum orqali hal qiladi” deyilgan.

Yamandagi boshqa siyosiy kuchlar, jumladan, xalqaro miqyosda tan olingan Yaman hukumatini boshqaradigan Prezidentlik boshqaruv kengashi, bu harakatga hozircha munosabat bildirmadi.

S.Rahimov, O‘zA